

19 yoshli polyakning londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 30 iyunda o'z nihoyasiga etadi. Shundan so'ng darvozabon erkin agentga aylanadi.
Xabarlarga qaraganda, PSJ klubi Bulkaga 3 yillik shartnoma taklif qilgan.
Bulka 2016 yilda "Chelsi"ga "Eskoli Varsovi" klubidan o'tgan edi. Shu vaqt davomida u londonliklar tarkibida birorta ham o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushmadi. U hozirgi vaqtda "Chelsi" U-23 a'zosi sanaladi.




