"CHELSI" - CHEMPION!

Narzulla Saydullayev
13 may 2017, 01:51
APL 37-turidan o'rin olgan "Vest Bromvich" - "Chelsi" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'yin taqdirini hal qilgan gol bahsning 82-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Mishi Batshuayi tomonidan mezbonlar darvozasiga urildi - 0:1. Shu tariqa, Antonio Konte boshchiligidagi "aristokratlar" bu mavsum Angliya premer-ligasi chempioniga aylanishdi!


"Vest Bromvich" - "Chelsi" 0:1
12 may. Vest Bromvich. "Xautorns" stadioni. 00:00.
Bosh hakam -
Maykl Oliver (Nortumberlend).

Gol: 0:1 – 82 Batshuayi.
Vest Bromvich – Foster, Makoli (Uilson, 64), Nom, Douson, Evans, Livermor, Fletcher, Fild (Yakob, 51), Makkleyn (Shadli, 59), Brant, Rondon.
Chelsi –   Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes, Pedro (Batshuayi, 76), Fabregas, Azar (Villian, 75), Diego Kosta.
Ogohlantirishlar: Makkleyn (20), Fild (36), Uilson (71).

20. Dastlabki daqiqalarda golga tortadigan vaziyatlar deyarli sodir bo'lmadi.


38. Hamon hisob ochilgani yo'q. To'p uchun kurash anchagina keskin kechmoqda... hech bir futbolchi raqibimiga yutqazishni istamayapti



45+1. Birinchi taym yakunlandi. Hozircha 0:0.


46. Ikkinchi taym boshlandi.

50. ZARBAAA! Fabregasning kuchli zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi!



77. Uchrashuvda ham hisob ochilgani yo'q. "Chelsi" bugun chempion bo'lmaydi shekilli...


83. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MISHI BATSHUAYI! Sesar Aspilikuetaning pasidan so'ng zaxiradan maydonga tushgan Batshuayi gol urdi - 0:1.

TAS-IX emas




90. O'yinga besh daqiqa qo'shib berildi. BESH DAQIQA va "Chelsi" chempion bo'ladi!

90+5. UCHRASHUV TUGADI! "CHELSI" YANA TAXTGA QAYTDI!


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia