"Chelsi" braziliyalik futbolchini xarid qilishga yaqin

Alisher
9 iyun 2020, 15:30
"Flamengo" yarim himoyachisi Jerson Santos faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

"Chelsi" 23 yoshli braziliyalik futbochlini o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Ko'klar" Jerson uchun bo'layotgan kurashda yetakchilar va uni 30 million funt evaziga xarid qilish borasidagi bandni faollashtirishga tayyorlar.

Jerson Santosga shuningdek "Tottenxem" va Dortmundning "Borussiya" jamoalari da'vogar.

Jerson joriy mavsum Braziliya chempionati doirasida 4ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Express