"Chelsi" Begovichning o'rniga "Milan" darvozabonini xarid qilmoqchi
Narzulla Saydullayev
26 yanv 2017, 21:27
Chelsi Asmir Begovichning o'rniga Milan darvozaboni Diego Lopes bilan shartnoma imzolamoqchi.
Antonio Kontening fikricha, aynan Lopes "aristokratlar" safida bosniyalik posbonning o'rnini bosa oladi. Ayni paytda "Espanol"da ijarada o'ynayotgan darvozabon "Milan"ga "Real" tarkibidan borib qo'shilgandi.