"Chelsi" "Bavariya" qanot himoyachisini sotib olishga tayyor

Mirjalol Normatov
5 yanv 2020, 17:55
"Bavariya" himoyachisi David Alaba faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin.

"The Mirror" xabariga ko'ra, "Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard avstriyalikni Markos Alonsoning o'rnida o'ynatishni rejalashtirmoqda.

Alabaning "Bavariya" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi. "Chelsi" futbolchi uchun 70 million evro to'lashga tayyor turibdi.

Ushbu mavsumda Alaba Germaniya chempionatida 12 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Mirror