"Chelsi" "Bavariya" himoyachisini xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
8 iyun 2017, 15:49
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

So'nggi mavsum Boatengning omadi kelmadi, uni jarohatlar taqib qildi. Bundan tashqari, futbolchi markaziy himoya hududida jiddiy raqobatga duch keldi: U Xavi Martines va Mats Xummels bilan raqobat qildi. Buning ustiga "Bavariya" "Xoffenxaym" himoyachisi Niklas Zyuleni sotib oldi.

Boateng yakunlangan mavsumda Bundesliganing 13 ta uchrashuvida maydonga tushib, bitta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker