“Chelsi” “Barselona”ning 72 mln dollarlik taklifini rad etdi

Aziz Tukhtamuradov
24 iyul 2018, 00:18
Londonning “Chelsi” klubi rahbarlari “Barselona”ning Villian uchun taklif qilgan 72 mln dollarlik taklifiga rad javobini berdi, deya xabar qilmoqda Sky Sports.

Bu “Barselona”ning yarim himoyachini qo'lga kiritish bo'yicha qilgan uchinchi urinishi bo'ldi. Bundan avvalgi taklif 70 mln dollarni tashkil qilgandi. Kataloniyaliklardan tashqari braziliyalik futbolchini MYU ham o'z safida ko'rish istagini bildirgan. Makunianliklar 29 yoshli yarim himoyachiga 80 mln dollar atab qo'yishgan.

Ma'lumot uchun, Villian o'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasining 36ta uchrashuvida maydonga tushib, 6ta gol kiritdi va 7ta golga assistentlik qildi. Villian “Chelsi” sharafini 2013 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif