"Chelsi" "Barselona"ning 60 mln. evrolik taklifini rad etdi

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2018, 11:20
"Chelsi" "Barselona"ning Villianni xarid qilib borasidagi taklifiga rad javobini berdi.

Kataloniya klubi shartnomasi 2020 yilning yozida yakunlanadigan 29 yoshli futbolchi uchun 60 mln. evro taklif qildi.

Klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Forvardning o'zi Antonio Konte bilan yomon munosabat tufayli "Chelsi"ni tark etmoqchi.

Oldinroq, MYU rahbariyati 29 yoshli braziliyalik uchun 69 mln. evro taklif qilgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports