

Fichajes nashri xabar berishicha, "Chelsi" bo'lajak transfer uchun 150 million evro atrofida pul sarflashi mumkin.
Kataloniya klubi futbolchini o'z jamoasida saqlab qolmoqchi, biroq juda katta mablag'ga Ferminni sotishga qarshi emaslar.
Eslatib o'tamiz, avvalroq ham "Chelsi" Ferminga taklif bilan chiqqandi, biroq o'shanda futbolchining o'zi "Barselona"da qolishni tanlagandi.
Joriy mavsum yarim himoyachi barcha musobaqalarda 20 ta bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 8 tadan gol va assist bor.



