"Chelsi" Azarga o'rinbosar topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
7 apr 2018, 21:15
"Chelsi" rahbariyati yarim himoyachi Eden Azarni "Real"ga sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

"The Sun" nashri xabariga ko'ra, "aristokratlar" rahbariyati belgiyalik futbolchidan tushadigan mablag'dan foydalanib, "Bavariya"dan Xames Rodrigesni sotib olishmoqchi. Ayni damda uning transfer huquqi "Real"ga tegishli.

O'tgan yili yozda bu futbolchi "Manchester Yunayted" tarkibiga borib qo'shilishi mumkin edi, biroq u "Bavariya"ga ko'chib o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun