"Chelsi" "Arsenal"ga taklif bilan chiqdi

Mirjalol Normatov
30 avg 2023
"Arsenal" rahbariyati Emil Smit-Rouni sotish niyatida emas.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, "Chelsi" ushbu futbolchini sotib olish borasida "Arsenal"ga taklif bilan chiqqan. "Kanonirlar" esa futbolchisini o'z raqobatchisiga sotish niyatida emasligini bildirgan. O'z navbatida "to'pchilar"ga futbolchi uchun taklif qilingan mablag' ham maqul kelmagan.

Smit-Rou o'tgan mavsumda "Arsenal" tarkibida 12 o'yinda qatnashib, 2ta golli pas amalga oshirgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail