"Chelsi" appelyaciyasi 20 noyabr kuni ko'rib chiqiladi

Aslanov Jasurbek
4 noya 2019, 18:45
FIFA "Chelsi"ga transfyerlar taqiqini qo'ygandi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, sud bugun 20 noyabr kuni "Chelsi"ning appelciyasini ko'rib chiqishi borasida qaror chiqargan. Shu kuni Sport Arbitraj sudida sud bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, FIFA o'tgan yili "Chelsi"ga 1 yil davomida transfyerlar qilishni taqiqlab qo'ygandi. Ushbu taqiqning yarmi ham o'tib ketdi. Klub qishki transfyerlar oynasi vaqtida futbolchilarni transfyer qila olmaydi.

Shuningdek, "Chelsi" transfyerlarni amalga oshirishda noqonuniy xatti-harakatlarni ishlatgani uchun 500 ming evro jarimaga solingan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports