

"Guardian" nashrining xabariga ko'ra, "traktorchilar" 39 yoshli angliyalikning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Agarda "Sent-Mirren" bosh murabbiyi Jek Ross "Ipsvich"ni boshqarishdan bosh tortsa, "Ipsvich" "Chelsi" afsonasiga taklif bilan chiqadi.
"Ipsvich" 2017/18 yilgi Chempionship mavsumini 12-pog'onada yakunladi.



