"Chelsi" A Seriyadagi darvozabon bo'yicha ishni boshladi

Alisher Ostonov
3 iyun 2025
"Chelsi" "Milan"dan Mayk Menyanni sotib olmoqchi.

Insayder Fabricio Romano "Chelsi" darvozabon transferi bo'yicha "Milan"ga murojaat qilganini ma'lum qildi.

Fransiyalik posbon hamon "rossonerilar" bilan shartnomani uzaytirmadi va London vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shu bilan birga, qaror "Milan"ga bog'liq bo'ladi.

Menyaning "Milan" bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan. 29 yoshli darvozabon o'tgan mavsum A Seriyada 37 ta o'yinda maydonga tushdi, shundan 13 tasida "quruq" o'yin o'tkazdi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano