"Chelsi" 4 nafar futbolchining klubdan ketishini e'lon qildi

Оқил Абдубарноев
10 iyun 2022, 20:10
"Chelsi" to'rt nafar futbolchi erkin agent sifatida jamoani tark etishini e'lon qildi.

"Real"ga o'tgan Antonio Ryudigyerdan so'ng himoyachilar Andreas Kristensen va Jeyk Klark-Salter, shuningdek, yarim himoyachilar Deniel Drinkuoter va Charli Musonda jamoani erkin agent sifatida tark etishdi.

Kristensen "Chelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 2014 yilda asosiy jamoada debyut qildi, keyinchalik ikki mavsumni Myonxengladbaxning "Borussiya"sida o'tkazib, London klubiga qaytdi hamda "aristokratlar" bilan Chempionlar ligasini ham hisoblagan holda 6 ta sovrinni qo'lga kiritdi.

Drinkuoter 2017 yil “Lester”dan “Chelsi”ga o'tgandi. U "ko'klar" safida bor-yo'g'i 23 ta o'yinda maydonga tushdi, asosan, u turli klublarda ijara asosida o'ynadi.

Charli Musonda ham "Chelsi" tarbiyalanuvchisi sanaladi. Futbolchi asosiy jamoada bor-yo'g'i 7 ta o'yinda maydonga tushdi, u ham asosan, boshqa klublar safida ijara asosida harakat qildi.

Jeyk Klark-Salter 16 yil davomida klub bilan birga bo'ldi, biroq atigi ikki marta asosiy tarkibda o'ynadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: chelseafc.com