Chelsi 35 millionlik transferni amalga oshirdi

Khoja
3 iyul 2024, 10:00
Chelsi yozgi transfer bozoridagi navbatdagi xaridini yakunladi.

Ko'klar Lester yarim himoyachisi Kirnan Dyusberi-Xoll bilan shartnoma imzolashdi. 25 yoshli futbolchi uchun londonliklar 35 million evrodan voz kechishdi. Futbolchining o'zi bilan esa besh yillik shartnoma imzolashdi.

Ma'lumot uchun,Kirnan Dyusberi-Xoll o'tgan mavsum Lesterni APLga qaytishiga katta hissa qo'shgan futbolchilardan biri hisobladi. U o'tgan mavsum chempionshipda 12 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com