"Chelsi" 19 yoshli himoyachi - Xatoni sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2025
"Chelsi" Yorrel Xatoning transferi ustida ishlamoqda.

Fabricio Romano xabariga ko'ra, 19 yoshli himoyachini sotib olish London klubining asosiy maqsadiga aylandi. "Aristokratlar" "Ayaks" bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Futbolchining o'zi "Chelsi"ga o'tishni xohlaydi va shartnoma shartlarini qabul qilishga tayyor.

O'tgan mavsum Niderlandiya chempionatida Xato 31 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano