"Chelsi" 100 million evrolik transferni amalga oshirishga tayyor

Alisher
8 iyul 2020, 10:17
"Bayer" yarim himoyachisi Kay Xaverc klubini o'zgartirishga yaqin.

"Chelsi" 21 yoshli xavbek uchun bo'layotgan kurashda yetakchi va o'yinchi uchun 100 million evro to'lashga tayyor.

Bitimning APL joriy mavsumi yakunlanganidan so'ng amalga oshishi kutilmoqda. Oldinroq, London klubining Xaverc uchun 5 yillik shartnoma va yiliga 8 million evro to'lashga tayyorligi aytilgan edi.

Xaverc joriy mavsum "Bayer" libosida barcha musobaqalarda 43ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal.com