
Londonliklar o'yinchining transferi bo'yicha alla qachon “Atletiko” bilan muzokarani boshlashgan. Ushbu kelishuvga “Atletiko”da ijara asosida o'ynayotgan “Chelsi” darvozaboni Tibo Kurtua ham qo'shilishi mumkin. Shunda Kosta “ko'klar” safiga o'tganda, belgiyalik darvozabonga egalik qilish huquqi “Atletiko”ga o'tadi.
Ta'kidlab o'tamiz, Kostaga “Arsenal” va “Manchester Yunayted” klublari ham qiziqishmoqda.
Ushbu mavsum Ispaniya chempionatining 19 ta o'yinida maydonga tushgan Diego, 19 ta gol urishga erishgan va to'purarlar jadvalining ikkinchi o'rinida bormoqda.