Cheferin: "YCHL o'yinlari AQSHda? Hamma narsa bo'lishi mumkin"

Omonjon To`xtamirzayev
26 apr 2023, 12:15
UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Chempionlar Ligasi uchrashuvlari Amerika Qo'shma Shtatlarida bo'lishi mumkinligini tasdiqladi.

Albatta, buning iloji bor. Bu borada muzokaralarni boshlab yuborganmiz. Biroq masalaga 2025 yil Myunxendagi finaldan keyin jiddiy kirishamiz. Hozir futbol qo'shma shtatlarda juda mashhur. Amerikaliklar evrofutbolni kuzatib borishadi, xuddi basketbol ishqibozlari NBA o'yinlarini ko'rganidek.

Bu kelajak uchun ham muhim va istiqbolli bozor hisoblanadi. Shuningdek, biz huquqlarni juda yaxshi sotayotganimizni unutmaslik lozim.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia