

Aynan shu masalaga, bugun UEFAning yangi prezidenti etib saylangan Aleksander Cheferin o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Bu biz tomonimizdan ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan eng birinchi masala. Bu borada tashkilotga a'zo 55ta assotsiatsiyalarning barchasini fikrini olishimiz kerak. UEFA kuchli tashkilot. Biroz muddat rahbarsiz qoldi. Endi biz oldimizda turgan bir qator muammolarni birgalikda hal qilishimiz kerak. Ular ko'p, kelishilgan o'yinlar, rasizm, klublar o'rtasidagi moliyaviy holatni o'zgarib ketishi natijasida boy va kambag'al klublarni paydo bo'layotgani", - deydi Cheferin.



