Cheferin: "2030 yilgi Jahon chempionati tinchlikka bag'ishlanadi"

Sherzod Nurmatov
21 okt 2022, 14:43
UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Ukrainaning Ispaniya va Portugaliya bilan 2030 yilgi mundial mezbonligi uchun qo'shma arizasi haqida gapirdi.

"Ukraina boshqa davlatlar kabi o'z hissasini qo'shadi. Qancha o'yin va qayerda o'tkazilishi hali kelishib olinmagan, biroq Ukrainaning qo'shilishi ramziy manoda qiziq. Bu musobaqa tinchlikka bag'ishlanadi", – dedi Cheferin.

Avvalroq 2030 yilgi Jahon birinchiligiga qaysi davlatlar da'vogarlik qilayotgani haqida xabar bergan edik.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: A Bola