Cheferin 2027 yildan keyin ham UEFA rahbari bo'lib qolishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
16 iyul 2024, 13:28
Aleksander Cheferin 2027 yildan keyin ham UEFA prezidenti bo'lib qolaverishi mumkin.

Fevral oyida funkcioner 2027 yilda o'tkazilishi rejalashtirilgan saylovda o'z nomzodini qo'yishini ma'lum qilgandi. Ma'lum qilinishicha, UEFA ayni damda munosib o'rinbosar topgani yo'q va Cheferinni o'z lavozimida qolishga ko'ndirishga urinib ko'radi. Takidlanishicha, UEFAga a'zo 20 davlat bu g'oyani qo'llab-quvvatlamoqda. Ular ichida Sloveniya, Xorvatiya, Chernogoriya, Albaniya, Turkiya, Gretsiya, San-Marino, Andorra va Farer orollari bor.

Nomlari aytilgan davlatlarning fikricha, Cheferin Yevropaning qudratli futbol federatsiyalari qatorida ularning ham qiziqishlarini himoya qila olgan. Bu yo'lda Aleksander Chempionlar Ligasi formatida islohotga qo'l urdi, Konferenciyalar Ligasini tashkil etdi va daromad taqsimotini ham o'zgartira oldi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Guardian