"Changalzorga qayt, maymun". Villianni haqorat qilishdi

Aziz Tukhtamuradov
20 fev 2021, 08:26
"Arsenal" futbolchisi Villian Instagramda irqiy kamsitishlarga duchor bo'ldi.

32 yoshli braziliyalik futbolchi shaxsiy xabarlar orqali o'ziga yuborilgan irqiy kamsitish mazmunidagi skrinshotlarni ko'rsatdi. 

"Changalzorga tezroq qayt, maymun", - deb yozgan foydalanuvchilardan biri. 

Yana bir odam esa unga maymun va bananning emojilarini yuborgan. 

Futbolchining o'zi esa "Nimanidir o'zgartirish kerak. Racizmga qarshi kurash davom etmoqda" deb yozgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: instagram.com/willianborges88