"Chanchun Yatai"da durang, Anzur Ismoilovda 90 daqiqa

Narzulla Saydullayev
5 apr 2015
Xitoy Superligasida 4-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Anzur Ismoilov to'p tepayotgan "Chanchun Yatai" klubi safarda "Lyaoning Xongyun"ga qarshi bahs bilan boshladi. O'yinda 2:2 hisobi qayd etildi. Ismoilov "Chanchun" safida doimgidek to'liq o'ynadi.

Klub keyingi o'yinni 12 aprel kuni o'z uyida "Czyansu Shuntian"ga qarshi o'tkazadi.

Xitoy Superligasi
"Lyaoning Xongyun" - "Chanchun Yatai" 2:2
Gollar:
Chamanga 41, Xu Yankiang 83 - Du Zenyu 1, M.Maazu 70

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia