

"Transfermarkt" portali mintaqa futbolining Yevropa va butun jahonda bevosita Markaziy Osiyodan yoritilishini taminlash maqsadida O'zbekistonning yetakchi futbol portali hisoblangan "Championat.Asia" bilan o'zaro manfaatli hamkorlik kelishuviga erishdi.
2010 yildan beri faoliyat yuritadigan "Championat.Asia" O'zbekistondagi sport va futbolga oid eksklyuziv kontent yaratadigan eng nufuzli va ommabop portal hisoblanadi. Nashr o'z o'quvchilariga mahalliy va xalqaro sport/futbolga oid eng so'nggi yangiliklar, statistik ma'lumotlarni taqdim qilib boradi.
"Championat.Asia" sayti O'zbekistonda futbolni axborotlashtirish ishlarini takomillashtirish uchun tahririyatimiz bilan hamkorlik qiladi. Global futbol muhitida rivojlanish uchun yangi qadam tashlashga yordam beradigan yangi hamkorimizni kutib olishdan xursandmiz!", - deb yozadi "Transfermarkt" portali.
"Transfermarkt" portali 2000 yil may oyida tashkil etilgan. Ayni paytda 9ta tilda o'z faoliyatini davom ettirayotgan mazkur portal futbol o'yinlari natijasi, musobaqa jadvallari, transfer yangiliklarini va futbolchilarning transfer narxlarini yoritib boradi.
Transfermarkt i Championat.Asia zaklyuchili vzaimovygodnoe partnerstvo




