"Championat.asia" guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritdi

Nadirkhuja Yuldashev
23 iyun 2014, 12:56
Bugun OAV kuni munosabati bilan o'tkazilinayotgan turnirning guruh o'yinlari yakuniga etdi.

"Marifat" gazetasi vakillariga qarshi kechgan o'yinda jamoamiz 6:0 hisobda g'alaba qozondi. Birinchi turda ikki nafar asosiy tarkib futbolchimiz ma'lum sabablarga ko'ra ishtirok eta olmagan edi. Bular, Miraziz Murotov va Behzod Nazarov. Shu boisdan ilk o'yinda o'yinimiz yaxshi chiqmagan, aksiga olib raqib ochiqchasiga bizni mensimay, "shu ham jamoa bo'ldimi, bularni yutib tashlash kerak", degan fikrni aytgan edi. Sanoqli tashkilotlargina haqiqatdan ham jurnalist bo'lgan hodimlar bilan musobaqada qatnashyapti. 12ta jamoadan 6-7tasida "jurnalistlar" to'p tepyati.




Qizig'i shundaki, biz raqibni 5ta to'p farqi bilan mag'lubiyatga uchratsakgina guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritar edik. Aftidan "Sharq Ziyokori" bunday bo'lishini kutmadi shekili, "V" guruhida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritadigan jamoa ishtirokidagi o'yinni tomosha qildilar. Boisi, "A" guruhi g'olibi, "V" guruhida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoaga qarshi maydonga tushar edi. Yakunda o'sha jamoa biz bo'ldik. 




"SA" tarkibi quyidagicha ko'rinish olgan: Nodirxo'ja Yuldashev, Behzod Nazarov, Bahodir Mirzaev, Aleksey Grigorev, Tolibjon Qosimov, Narzulla Saydullaev, Shahboz Beg'amov, Kamoliddin Alimov, Jasur Aslanov, Miraziz Murotov.

Murabbiy: "YA" va "G'" licenziyalari sohibi Xayrulla Xoliqov.

"A" guruhi taqvimi quyidagicha ko'rinish olgan:
21.06.2014
"Sharq Ziyokori" - "Marifat" 6:1
22.06.2014
"Championat.asia" - "Sharq Ziyokori" 3:3
23.06.2014
"Championat.asia" - "Marifat" 6:0

Qolgan guruhdagi o'yinlar natijasi bilan tanishing: 


"B" guruhi:
"Sport" gazetasi - "O'zA" 5:2
"Vatanparvar" - "Sport" gazetasi 2:8
"O'zA" - "Vatanparvar" 6:4

"C" guruhi:
"Adolat" - "O'z MAA" 3:12
"Xalq So'zi" - "Adolat" 6:4
"O'z MAA" - "Xalq So'zi" 4:2

"D" guruhi:
"MTRK" - "Turkiston" 3:0
"O'zbekiston TV" - "MTRK" 0:7
"Turkiston" - "O'zbekiston TV" 0:3




1/4 final:

"Championat.asia" - "O'zA"
"Sport" gazetasi - "Sharq Ziyokori"
"MTRK" - "Xalq So'zi"
"O'zbekiston TV" - "O'z MAA"


Foto: Hasan Pirmuhamedov


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia