Chalxanogluning agenti "Liverpul" bilan muloqot qildi

Alisher
28 may 2021
Turkiyalik yarim himoyachi yozda "Milan"dan ketadi.

Yangi bitim borasida tomonlar kelishuvga erisha olishmayapti. 27 yoshli futbolchi yuqori maoshga qaramasdan Qatarning "Al Sadd" klubi taklifini rad etmoqchi.

"Liverpul" Chalxanogluning agenti bilan muloqot qildi, ammo "qizillar" hali rasmiy taklif berishmadi.

Turk o'tgan oyda "Yuventus" qiziqishlari doirasiga tushib qolgandi, ammo "keksa sinora" sport direktori Fabio Paratichining iste'fosi rejalarga o'zgarish kiritdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato