CFA prezidenti Xayatu Qatardan 1.5 mln. dollar pora olganini rad etdi

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2015, 19:16
Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) prezidenti Issa Xayatu JCH-2022 uchun Qatarga ovoz berishda pora olganini rad etdi.

Oldinroq Qatar delegaciyasi vakilasi Faedra Almajid Xayatani 1,5 mln. dollar evaziga ovozini sotganlikda ayblagan edi. Keyinroq esa Almajid o'z so'zlaridan tondi.

"Bu ayolni umuman ko'rmaganman. U Angoladaga mehmonxonada Qatardagi odamlar bilan uchrashganimni aytgan. Qachon? Qayerda? Avvaliga u bu gapni aytdi, keyin esa yolg'on gapirganini tan oldi. Bir yildan so'ng ko'rsatmalarini takrorladi. Biz undan isbotlarni talab qildik, ammo unda bular yo'q" - deydi Xayatu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com