Cementchi Sakaevni o'rniga boshqa bir murabbiyni topdi

Aslanov Jasurbek
15 yanv 2018
Joriy mavsum super-ligada ishtirok etadigan Cementchida o'zgarishlar davom etadi.

Jamoa katta murabbiyi Eldor Sakaev kecha Andijon bosh murabbiyi sifatida tanishtirilgan bo'lsa, quvasoyliklar uning o'rniga boshqa bir mutaxassisni taklif etgan. Aniqrog'i, Sergey Kovshov jamoa murabbiylar shtabidan o'rin oladigan bo'ldi. O'tgan mavsum birinchi ligada Surxon jamoasini boshqargan Sergey Gennadevich endilikda super liga klubida faoliyat yuritadi.
Darvoqe, Kovshov ilgari murabbiy sifatida, Paxtakor (yoshlar), Lokomotiv, Navbahor, Dinamo, Neftchi hamda Andijon kabi jamoalarda ham ishlagandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia