"Cementchi" muxlislarni stadionga chorlaydi

Xurmatli futbol muxlislari, barchalaringizni 24 oktyabr seshanba kuni Quvasoy shahrining “Cementchi” o'yingoxiga taklif etamiz.

Shu kuni O'zbekiston birinchiligining muddatidan oldingi chempioni bo'lmish “Cementchi” jamoasi o'z maydonidagi o'zining eng so'nggi uchrashuvini Termizning “Surxon” jamoasiga qarshi o'tkazadi! 

Ushbu uchrashuvga Respublikamizning futbolga aloqador bo'lgan rasmiy insonlari, Viloyat Futbol Federatsiyasi raxbarlari, Viloyat va shahar hokimligi vakillari, viloyatimiz va shahrimizning mutassaddi rahbarlari bilan birgalikda O'zbekiston milliy teleradiokampaniyasi hodimlari, barcha OAV vakillari muxbirlari va mamlakatimizning eng mashxur xamda eng ommaviy internet saytlari xodimlari tashrif buyuradilar. 

Uchrashuv avvalida badiiy chiqishlar va xushovoz xonandalar tomonidan tayorlangan madaniy tadbir bo'lib o'tadi. 

Uchrashuvdan so'ng, O'zbekiston birinchiligining mutloq chempionlarini taqdirlash marosimi hamda muxlislar ishtirokida ajoyib o'yinlar o'tkazilishi rejalashtirilmoqda! O'yin ishtirokchilariga va stadionga tashrif buyurgan muxlislarga klub mamuriyati va shahar hokimligi tomonidan ko'plab sovg'alar tayorlanmoqda! 

Jamoamizning mana shunday tarixiy kunida barcha muxlislar uchun o'tkazilishi rejalashtirilayotgan futbol bayramiga shahrimiz aholisi bilan birgalikda viloyatimizning barcha futbol muxlislarini, Qo'qon, Rishton, Marg'ilon, Quva, Oltiariq, Chimyon, Vodil xullas, viloyatimizdagi barcha futbol muxlislarini ushbu bayram kechasiga taklif etamiz!  Shahrimizga tashrif buyurgan barcha  mehmonlarimiz uchun stadionlarimiz  eshiklari ochiq ! 

Stadionga kirish bepul!


"Cemenchtchi" matbuot xizmati


Manba: championat.asia