“Cementchi” bosh murabbiyi Abdumalik Hakimov iste'foga chiqarildi

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2017
3 yanvar kuni "Cementchi" klubning mavsum oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilish kun tartibidan: o'tgan mavsumda jamoa oldiga qo'yilgan vazifalar, yo'l qo'yilgan xatolar va kelgusi mavsumda nazarda tutilgan rejalar hamda vazifalar masalalari ko'rib chiqildi. Yig'ilish davomida jamoa rahbarlari tomonidan o'tgan mavsumda jamoa oldiga ko'yilgan vazifa bajarilmaganligi sababli “Cementchi” jamoasi bosh murabbiyi Abdumalik Hakimov o'z arizasiga binoan iste'foga chikarildi.

Hakimovdan iste'fosi haqida so'ralganda quyidagicha javob berdi:
- Meni rahbariyatga hech qanday etirozim yo'q. O'tgan mavsumda oldimizga qo'yilgan 1-2-o'rinni olish vazifasini uddalay olmadik va men rahbariyatning qarorini hurmat qilaman. Jamoa a'zolariga esa omad tilayman. Men qayerda bo'lishimdan qatiy nazar ularga doimo muxlislik qilaman, - deydi Abdumalik Hakimov

Eslatib o'tamiz, “Cementchi” jamoasi o'tgan mavsumda “Norin”dan 1 ochko kam to'plagan holda 74 ochko bilan birinchi ligani 3-o'rinda yakunlagan edi.

“Cementchi” matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia