CAS "Atletiko"ning transferlar borasidagi arizasiga rad javobini berdi

Aslanov Jasurbek
1 iyun 2017, 14:47
Madridning "Atletiko" klubi tomonidan sport arbitraj sudiga berilgan ariza rad etildi.

Avvalroq "Atletiko" va "Real" 18 yoshgacha bo'lgan futbolchilar transferida qoidani buzgani uchun ikki transfer oynasi yangi o'yinchilar ro'yxatdan o'tkaza olmasligi e'lon qilingan edi. Ammo keyin "Real" 90 kun ichida masalani hal qildi va ular 2017 yilning yozida futbolchi xarid qilishlari mumkin.

Sport arbitraj sudi "matraschilar"ning apelyaciyasiga rad javob berdi. Endi "Atletiko" yozda yangi futbolchilar xarid qila olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fifa.com