Calciomercato: Fiorentina Lombertsga qiziqmoqda

Narzulla Saydullayev
5 noya 2015, 08:02
Zenit himoyachisi Nikolas Lomberts Fiorentina qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.

Calciomercato nashri xabariga ko'ra, Italiya klubi 30 yoshli belgiyalik futbolchini qishki transfer bozori vaqtida sotib olmoqchi.

Ayni paytda Italiya A seriyasida birinchi pog'onada borayotgan Fiorentina Lomberts bilan norasmiy muzokaralarni boshlab yuborgan. Futbolchining Zenit bilan amaldagi shartnomasi 2018 yil yozida tugaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: calciomercato.it