CAFA Women’s Championship 2018 xalqaro musobakasining taqvimi ma'lum

Narzulla Saydullayev
22 noya 2018, 14:31
Joriy yilning 23 noyabr - 1 dekabr kunlari Toshkentda CAFA Women’s Championship 2018 musobaqasi bo'lib o'tishi haqida avval xabar berib o'tgandik.

Ushbu musobaqada Qirg'iziston, Tojikiston, Afg'oniston, Eron va O'zbekiston ayollar terma jamoalari ishtirok etishadi.
 
Bugun poytaxtimizdagi Ramada mehmonxonasida rasmiylar va barcha jamoalarning vakillari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida turnirning asosiy qoidalari ko'rib chiqildi, shuningdek, taqvim aniqlandi.
 
Sizning e'tiboringizga musobaqalar taqvimini taqdim etamiz.
 
CAFA Women’s Championship 2018 xalqaro turniri
 
23 noyabr, juma

13:00 Tojikiston - Qirg'iziston
16:00 O'zbekiston - Afg'oniston
 
25 noyabr, yakshanba
13:00 Afg'oniston - Eron
16:00 O'zbekiston - Tojikiston
 
27 noyabr, seshanba
13:00 Eron - O'zbekiston
16:00 Qirg'izston - Afg'oniston
 
29 noyabr, payshanba
13:00 Qirg'iziston - O'zbekiston
16:00 Tojikiston - Eron
 
1 dekabr, shanba
13:00 Afg'oniston - Tojikiston
16:00 Eron – Qirg'iziston
 
CAFA Women’s Championship 2018 musobaqasidan o'rin olgan barcha uchrashuvlar "Milliy" stadionida bo'lib o'tadi.
 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz