CAFA Women’s Championship 2018: Bugun 3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
27 noya 2018, 12:22
Shu kunlarda Toshkentda CAFA Women’s Championship 2018 musobaqasi bo'lib o'tayotganidan xabaringiz bor.

Bugun mazkur musobaqaning 3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Kunning birinchi o'yinida O'zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv soat 13:00da boshlanadi. O'yinni Veronika Bernandskaya boshchiligidagi qirg'izistonlik hakamlar boshqarishadi. Unga qanotlarda Jibek Oqil qizi va Malika Qodirova yordam berishadi. Zaxiradagi hakam - Husnora Jumaeva (O'zbekiston).

Kunning ikkinchi uchrashuvida Afg'oniston terma jamoasi Qirg'iziston bilan kuch sinashadi. O'yin soat 16:00da boshlanadi. Uchrashuvni eronlik hakamlar guruhi boshqaradi. Bosh hakam - Surur Saidiy, unga qanotlarda Habiba Rabaviketab va Jolih To'fanpur yordam berishadi. Zaxiradagi hakam - Aleksandra Konchikova (O'zbekiston).

Barcha uchrashuvlar "Milliy" stadionida bo'lib o'tadi.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz