CAFA CUP. Turkmaniston Tojikistonni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
8 avg 2016
Toshkentda 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tashkil topgan futbolchilar o'rtasida “CAFA CUP” (Central Asia Football Assosiation - Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi kubogi) nomli turnir davom etmoqda.
Ushbu musobqada mintaqaga a'zo besh mamlakat – O'zbekiston, Afg'oniston, Qirg'iziston, Tojikiston hamda Turkmanistonning yoshlar terma jamoalari ishtirok etishi ko'zda tutilgan. O'zbekiston ikkita jamoa bilan musobaqada ishtirok etmoqda.

Takidlash kerakki, qarorgohi Toshkentda joylashgan Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi 2015 yilda tashkil etilgan va ushbu turnir ushbu tashkilot tomonidan tashkil etilayotgan ilk musobaqadir.

Bugun 8 avgust kuni musobaqaning 3-turidan o'rin olgan ikki uchrashuv bo'lib o'tdi. Dastlab soat Qirg'iziston yoshlari Afg'onistonni 2:0 hisobida mag'lub etib finalga chiqishdi. 17:30da Turkmaniston Tojikiston bilan o'ynadi va 2:1 hisobida g'olib bo'ldi. 

Ertaga finalda O'zbekiston-1 jamoasi Qirg'iziston bilan o'ynaydi. Uchinchi o'rin uchun bahsda O'zbekiston-2 hamda Turkmaniston bellashadi. Nihoyat musobaqaning 5-o'rini uchun o'yinida Tojikiston va Afg'oniston o'zaro hisob-kitob qilishadi.


 

A guruhi

B guruhi

A1     

Afg'oniston             

B1       

O'zbekiston-1

A2

O'zbekiston-2

B2

Tojikiston

A3

Qirg'iziston

B3

Turkmaniston    



1-tur
6 avgust

10:30 - O'zbekiston-2 - Qirg'iziston 2:2 ("Jar")
17:30 - O'zbekiston-1 - Turkmaniston 3:0 ("Jar")

2-tur
7 avgust

10:30 - Afg'oniston - O'zbekiston-2 - 0:2 ("Jar")
17:30 - O'zbekiston-1 - Tojikiston  4:1  ("Jar")

3-tur
8 avgust

10:30 - Qirg'iziston - Afg'oniston 2:0 ("Jar")
17:30 - Turkmaniston - Tojikiston  2:1 ("Jar")


9 avgust
5-o'rin uchun bahs

12:00 - Afg'oniston - Tojikiston ("Jar" kichik maydon)

3-o'rin uchun bahs
9 avgust

10:00 - O'zbekiston-2 - Turkmaniston ("Jar")

Final
9 avgust

17:30 - O'zbekiston-1 - Qirg'iziston ("Jar")


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia