Cadena Cope: Real Pogbani sotib olish fikridan qaytdi

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2016, 12:36
Real Yuventus yarim himoyachisi Pol Pogbaga bo'lgan qiziqishni to'xtatdi.

Turin klubi fransiyalik futbolchi uchun 140 million evro so'ragani uchun Madrid klubi undan voz kechdi. Pogbaning o'zi Ispaniyada yiliga 12,5 million evro maosh olmoqchi edi.

Endi Real Yuventusdan Alvaro Moratani qayta sotib olish huquqidan foydalanadi. U Espanolga ijaraga beriladigan Xesening o'rniga olib kelinadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Cadena Cope