"CA" vakillari Avstraliyaga yetib bordi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2015
9-31 yanvar kunlari Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogini yoritish uchun yo'lga otlangan "CA" vakillari Nodirxo'ja Yuldashev, Xayrulla Xoliqov va Narzulla Saydullaev Avstraliyaning Sidney shahriga eson-omon yetib olishdi.
Bu haqda vakillarimiz hozirgina yashil qitadan xabar berishdi.

Shu bilan birga, ular bilan Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi 70 nafarga yaqin futbol muxlisi ham jamoamizni qo'llab-quvvatlash uchun Sidneyga yetib bordi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia