Bilasiz, Haydarov uch yildan beri BAAning “Al Shabab” klubida to'p surib kelyapti va mahalliy futbolni juda yaxshi biladi. Shu bois ham u bilan suhbatimiz asosan BAA futboli haqida bo'ldi.
- Ayni paytda BAA chempionatida tur o'yinlari davom etmoqda, - deydi Aziz Haydarov. – Klublar ikki-uchtadan o'yin o'tkazishdi va terma jamoa futbolchilari yaxshi sport formasida. Tan olish kerak, BAAda futbol, shu bilan birga terma jamoalar ham rivojlanyapti. Ular Osiyoda yetakchilar qatoriga chiqib olishdi. Shundan kelib chiqib, BAAga qarshi o'yin juda qiziqarli bo'ladi.
- Oxirgi paytlarda BAA biz uchun noqulay raqib bo'lib qoldi. Buning sabablari nimada deb o'ylaysiz?
- BAA bilan o'yinlarda ham g'alaba qozonganmiz, ham mag'lubiyatga uchraganmiz. Noulay raqib bo'lib qolganining sababi shundaki, bizdagi aksariyat mutaxassislar o'zlariga ishonch bilan biz BAAdan kuchlimiz deb maqtanishadi. Natijada bu o'yinchilarga ham ta’sir qiladi. Aslida esa men o'sha yerda to'p tepayotgan futbolchi sifatida aytishim mumkin, BAA futbolida oxirgi yillarda ko'p narsalar amalga oshirildi. Klublar infratuzilmasi tezkorlik bilan rivojlandi. Natijada terma jamoalar ham tabiiy ravishda kuchayib bordi. Hozirgi terma jamoaning asosini Olimpiada o'yinlarida to'p surgan futbolchilar tashkil etadi.
- Navbatdagi to'qnashuvdan siz nima kutyapsiz?
- Yilni g'alaba bilan bilan boshlash biz uchun nihoyatda muhim. O'ylaymanki, o'yinni ko'rish uchun ko'plab muxlislar stadionga keladi va biz ularni albatta xursand qilamiz. Muxlislar uydagi o'yinlarda g'alabalarni sog'inib qolishgan.
- Agar bizda ham ko'p masalalar BAAdagi kabi hal qilinsa ancha rivojlanib ketamiz, to'g'rimi?
- Infratuzilmada gap ko'p. Masalan, Xitoyni olaylik. Oldin kim xohlasa Xitoyga ketaverardi. Hozir bo'lsa, ular legionerlarni chertib-chertib olishyapti. Natijada chempionat ham shunga yarasha kuchayyapti. Bizning oliy ligada ham avvalo klublarni kuchaytirish lozim, shuning ortida terma jamoalar ham kuchayib boraveradi.
Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi.