"CA" - to'rt yoshda yoxud hazilomuz sher

Narzulla Saydullayev
3 dek 2014, 16:13
Saytimizning to'rt yilligi munosabati bilan yozilgan sher bilan tanishing.
CAga kirar yoshu qari.
Futbolga muxliski bari.
Ko'ngillar o'rganib borar.
Kundan kunga borgan sari.

SAga kiramiz uyda.
Yursak hatto ko'cha-ko'yda.
Ishxona-yu bozorda ham.
O'tirsak majlisu to'yda.

Tez-tez kirib turmasak gar.
Xumor qiladi xumori.
"Burga tepib qolsa" agar.
SA bo'lar bizga dori.

Choyxonada ulfatlar-la.
Qizib tursa suhbatlar.
Qo'l yugurar telefonga.
Xayolni olar "chat"lar.

Goho turmush tashvishlari.
Sal charchatib qo'ygan chog'lar.
SA bilan ovunamiz.
Unutiladi charchoqlar.

Safarga chiqsak, u yo'ldosh.
Musofir yurtlarda yurtdosh.
"Yuzerlari" ahil-inoq.
Biri ko'z-u birisi qosh.

Biri shoir, biri shofyor.
Biri do'xtir, biri montyor.
O'qituvchi, huquqshunos.
Tadbirkor-u, biri aktyor.

Futbolchi-yu, murabbiylar.
Iqtisodchi-yu, harbiylar.
Faqat yoshlar emas, bordir
Ellik to'rt yoshli faxriylar.

Bobodehqon-u, bog'bonlar.
Turfa xil felli insonlar.
Biri sergap, biri kamgap.
Og'ir, vazmin, qiziqqonlar.

Askiyaga moyillar ko'p.
Komentiga qoyillar ko'p.
So'zga usta, gapga chechan.
SAda ham shoirlar ko'p.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia