"Byornli" Shon Daychni ishdan bo'shatdi

Sherzod Nurmatov
15 apr 2022
Murabbiy 9 yildan oshiq vaqt davomida jamoani boshqardi.

Shon Daych "Byornli" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi. 

Klub 50 yoshli mutaxassis va uning murabbiylar shtabi ishdan bo'shatilganini e'lon qildi. 

Daych 9 yil-u 166 kundan buyon "Byornli"da faoliyat yuritib kelayotgan edi. Bu APL amaldagi murabbiylari orasidagi eng yaxshi ko'rsatkichdir.

Daych qo'l ostidagi "Byornli" 2 marta Chempionshipdan APLga ko'tarildi va 51 yilda ilk bor evrokuboklar (2018/19 yilgi mavsumda Yevropa Ligasi)ga yo'l oldi.

Jamoa ushbu mavsumda 30 o'yindan keyin 24 ochko to'plab, 18-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: burnleyfootballclub.com