Buxorolik hakam - "Mashal"ning omad tumori

O'zbekiston Superligasining 9-tur bahslari davom etadi.

14 may kuni Olmaliqdagi o'yinda o'ziga xos qahramonlik ko'rsatgan AGMK bugun Muborakda "Mashal" mehmoni bo'ladi. 


Mazkur bahsni Ilya Ilin boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bu buxorolik referi uchun AGMK ishtirokida o'tadigan joriy mavsumdagi 1-o'yin bo'lsa, "Mashal" ishtirokida 3-sidir. 

"Gazchilar" joriy mavsumda faqat 3 o'yinda g'alaba qozonishdi. E'tiborlisi, shulardan 2 tasini bo'lajak o'yinda ishlaydigan Ilin boshqargan:

Coca-Cola O'zbekiston kubogi

Guruh bosqichi, 3-tur

29 aprel, payshanba

16:45 - "Mashal" - "Yangier" 2:0

Hakamlar: Ilya Ilin, Dilshod Jumaniyozov, Damir Iskanderov, Zufar Eliboev

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Alisher Fayziev

Gol: Jamoliddin Ubaydullaev, 55 (1:0) Samuel Ononivu 83, (2:0)

Coca-Cola O'zbekiston kubogi

Guruh bosqichi, 1-tur

16:30 - “Mashal” – “Metallurg” 2:1

Hakamlar: Ilya Ilin, Akmal G'iyosov, Shavkat Rahmatov, Nayim Qosimov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Vladimir Nazarov

Gol: Humoyun  Murtazoev 14, 1:0 Doniyor Narzullaev 16, 1:1 Humoyun Murtazoev 89, 2:1

Guvohi bo'lganingizdek, Ilya Ilin muborakliklar uchun omadli hakam hisoblanadi. "Mashal" hozircha buxorolik referi boshqargan har ikki o'yinda ochko yo'qotmadi. 3-bahsda "gazchilar" Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK jamoasining 4 turdan buyon davom etayotgan g'alabali seriyasini ko'p ehtimol bilan yakunlashi mumkin.  Ko'ramiz, bu anana Olmaliq klubiga qarshi bahsda ham davom etarmikan.

P.s.: Ilya Ilin o'tmishda "Mashal" sharafini futbolchi sifatida himoya qilgan. Unga Muborakdagi stadion begona emas. Umid qilamizki, hakamlar brigadasi Bahrom Vafoev nomidagi o'yingohda o'tadigan navbatdagi o'yinni ham a'lo darajada boshqarishadi. Bu borada ularga omad tilab qolamiz.

19 may, chorshanba 

MASH'AL – AGMK
Hakamlar
: Ilya Ilin, Husniddin Shodmonov, Akmal G'iyosov, Davron Akmalov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Sardor Qudratullaev
Boshlanish vaqti: 17:30

 


Manba: championat.asia