Buxorodagi finalni kim boshqaradi?

Biroz tahlil bilan javobini topsa bo'ladigan savol. Buning uchun barcha hakamlarga e'tibor qaratamiz.

Aziz Asimov - ertaga Iordaniya chempionatida ishlaydi

Ilgiz Tantashev - chetlatilgan.

Temur To'xtasinov - yarim finalda ishlagan.

Ahrol Risqullaev - Pro liganing markaziy o'yiniga tayinlangan.

 Akobirxo'ja Shukurullaev - Superkubokni boshqargan hakamga o'sha yilning o'zida final berilmasa kerak.

Rustam Lutfullin - Iordaniyada.

Abdurashid Xudoyberganov - "Navbahor" foydasiga juda qo'pol xato qilgani uchun berilmaydi.

Asker Najafaliev - Oliy ligada tayinlov olgan

Firdavs Norsafarov - qarshilik bo'lgani uchun berilmaydi.

Shavkat Nasibullaev - namanganlik bo'lgani uchun berilmaydi.

Serazitdinov Birinchi ligada ishlasa, Ilya Ilin va G'ayrat Jo'raevga hozircha katta o'yinlar berilmagan.

Shunda Rahimbek Karimov bilan Vadim Agishev qoldi. Sizning variantingiz kim?

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI


Manba: championat.asia