"Buxoro"da vaziyat jiddiy. Bugun futbolchilar mashg'ulot o'tkazishdan bosh tortishdi

Narzulla Saydullayev
29 sen 2018, 19:25
"Buxoro" klubida anchadan buyon moliyaviy qiyinchiliklar borligidan muxlislarning xabari bor.

Futbolchilarga oxirgi ikki oylik maosh berilmagan. "Buxoro" superligada so'nggi 4ta o'yinning barchasida mag'lub bo'ldi.

Bugun jamoa Buxoroda mashg'ulot o'tkazishi kerak edi. Biroq moliyaviy muammolar tufayli futbolchilar mashg'ulotga chiqishdan bosh tortishdi.

Bu xabarni bir qator futbolchilar ham tasdiqlashdi.

Ma'lumot uchun, "Buxoro" 2 oktyabr kuni o'z maydonida "Lokomotiv" klubini qabul qiladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia