"Buxoro"da ham yangilar bor

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2013
"Buxoro" ham davralar oralig'idagi yig'inni poytaxtda o'tkazishga qaror qilgan.
Tachmurod Agamurodov oraliq tanaffusdan unumli foydalangan xolda, ayrim chiziqlarni kuchaytirishga e'tibor qaratmoqda. Jamoa matbuot xizmatining championat.asia ga xabar berishicha kecha jamoa Toshkentdagi "Jar" stadionida "So'g'diyona" bilan o'rtoqlik uchrashuvida kuch sinashgan. Mazkur o'yindan oldin murabbiylar ixtiyoriga yetib kelgan Bobur Akbarov ("Guliston") va Vladimir Kilikevich ("Dinamo") ham jizzaxliklarga qarshi kechgan bahsda "Buxoro" libosida harakat qilgan. Bu futbolchilardan biroz oldinroq "Bundyokor"dan hujumchi Bahodir Pardaev jamoa mashg'ulotlariga kelib qo'shilgandi. Hozircha ko'rikka taklif etilgan futbolchilarning hech biri bilan rasman shartnoma imzolanmagan.

"Buxoro": Botir Nosirov, Naoya Shibamura, Devid Oniya, Bobur Akbarov, Otabek Narzullaev, Aleksey  Nikolaev, Ilya Ilin, Otabek Valijonov, Alisher Sanaev, Baxodir Pardaev, Voxid Shodiev.
Zaxiradan tushganlar: Maqsud Shabanov, Evgeniy Kochnev, Bahriddin Vahobov, Alisher Azizov, Mehroj G'ulomov, Azamat Sharipov, Asqar Muhiddinov, Alisher Mahmudov, Vladimir Kilikevich, Sardor Kobuljonov, Nodir Jo'raev.
Gollar: B.Pardaev, A.Azizov, N.Jo'raev.

Yana shuni ham aytib o'tish kerakki, ertaga "Buxoro" jamoasi yana bir o'rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqadi. Bu galgi raqib "Bunyodkor".


Islombek Rustambekov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia