"Buxoro" Tojikistonda yig'in o'tkazmoqda

Narzulla Saydullayev
6 sen 2023
FIFA kunlari sababli O'zbekiston chempionatida tanaffus yuzaga kelganidan xabaringiz bor.

Ulug'bek Bakaev boshchiligidagi "Buxoro" klubi ushbu tanaffus vaqtida Tojikistonning Guliston shahridagi ajoyib maskanda yig'in o'tkazmoqda. 5-17 sentyabr kunlari "Buxoro" Gulistonda shug'ullanadi va ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi: 10 sentyabr kuni "Xo'jand", 16 sentyabr kuni "Esxata" bilan kuch sinashiladi.

Ma'lumot uchun, "Buxoro"ning 19-turidan o'rin olgan "Olimpik"ka qarshi o'yini noyabr oyiga qoldirilgan. "Buxoro" navbatdagi rasmiy o'yinni 27 sentyabr kuni Farg'onada "Neftchi"ga qarshi o'tkazadi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia