

E'tiboringizga jamoalarning Buxorodagi bo'lib o'tgan uchrashuvlar tarixini havola etamiz.
O'TGAN MAVSUMDA
Birinchi davra 15-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Buxoro”ga qarshi bahs olib borgan edi. Ushbu bahsning 11 daqiqasida hisobni ochgan edi. Ikkinchi bo'limda "So'g'diyona" xujumchisi 64 daqiqada hisobni tenglashtirdi. 1:1. Zahiradan maydonga tushgan Baxriddin Vahobov Shoxrux Eshbo'taev darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi bo'ldi va hisobni 2:1 ko'rinishiga olib kelgan edi. Shu tariqa o'yin mehmonlarning foydasiga yakunlangan edi.
Ikkinchi davraning 30-turida “So'g'diyona” Buxoroga safar qildi va “Buxoro” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. O'yinda raqib jamoa Azamat Allaniyozov goli evaziga (1:0) g'olib chiqqan edi.
“Buxoro” Superliganing 2-turida Qarshida “Nasaf” ga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. “So'g'diyona” esa o'z maydonida “Neftchi” ni qabul qildi va ushbu o'yinda hisob ochilmadi.

O'YINI OLIM TO'YCHIBOEV BOSHQARADI
“Buxoro” (Buxoro) – “So'g'diyona” (Jizzax)
Hakamlar: O.To'ychiboev (Farg'ona), R.Kapadze (Farg'ona), SH.A'zamov (Farg'ona), K.Rasulov (Qarshi).
Nazoratchi – A.Xotamov (Toshkent).

O'ZARO USTUNLIK
“So'g'diyona” hamda “Buxoro” klublari oliy ligada shu kungacha 44 bor kuch sinashishgan.“Buxoro” hisobida 22 ta, “So'g'diyona” hisobida 16 ta g'alaba mavjud. 6 o'yinda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik buxoroliklar tomonida: 62:58. “Buxoro” o'zaro o'yinlarda 72 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa ,jizzaxliklar 54 ochkoni qo'lga qiritgan. “Buxoro”ning eng yirik g'alabasi 4:1, “So'g'diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati 6:2.
“Buxoro” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:
25.11.2017 Buxoro – So'g'diyona 1:0
05.11.2016 Buxoro – So'g'diyona 3:0
01.07.2015 Buxoro – So'g'diyona 1:0
27.08.2014 Buxoro – So'g'diyona 2:1
23.03.2013 Buxoro – So'g'diyona 4:1
09.09.2011 Buxoro – So'g'diyona 2:1
17.10.2009 Buxoro – So'g'diyona 0:0
13.09.2008 Buxoro – So'g'diyona 2:3
28.05.2006 Buxoro – So'g'diyona 3:0
25.09.2005 Buxoro – So'g'diyona 1:0
21.08.2004 Buxoro – So'g'diyona 1:2
20.04.2002 Buxoro – So'g'diyona 0:4
21.04.2001 Buxoro – So'g'diyona 1:1
14.08.2000 Buxoro – So'g'diyona 3:2
14.08.1999 Buxoro – So'g'diyona 1:0
19.08.1998 Buxoro – So'g'diyona 0:1
14.09.1997 Buxoro – So'g'diyona 0:0
11.06.1996 Buxoro – So'g'diyona 2:1
24.09.1995 Buxoro – So'g'diyona 0:3
23.10.1994 Buxoro – So'g'diyona 3:2
20.10.1993 Buxoro – So'g'diyona 1:0
26.04.1992 Buxoro -So'g'diyona3:1
O'ZARO O'YINLAR HAQIDAGI FAKT:
Buxorodagi 22 ta o'yindan 5 tasida “So'g'diyona” ,13 tasida “Buxoro” g'alaba qozongan. 3 ta o'yinda durang natija qayd etilgan.
O'YIN VAQTI VA JOYI
Yoshlar ligasi bahsi 15 mart kuni soat 16:00 da “Umid” sport majmuasida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 16 mart kuni 20:00 da “Buxoro” sport majmuasi stadionida o'tkaziladi. Uchrashuvni Sport telekanali orqali jonli tomosha qilishingiz mumkin. O'yinni Dilshodbek To'xtabekov sharxlaydi.
“BUXORO” DAGI TANISH FUTBOLCHILAR
Salamat Qutiboev 2013 yilda, Rabbim Hasanov 2016 yilda “So'g'diyona” sharafini himoya qilishgan.



