"Buxoro": Salomov o'z formasini ushlab turish uchun mashg'ulotda qatnashmoqda

Narzulla Saydullayev
2 fev 2017, 20:50
Bugun Shavkat Salomov "Buxoro"ga qaytgani haqida xabar chiqqandi.
"Hurmatli futbol ishqibozlari! Bugun Shavkat Salomovning "Buxoro" safiga qo'shilgani to'g'risidagi ma'lumot asossiz ekanligini ma'lum qilamiz.

Salomov o'z formasini ushlab turish maqsadida buxoroliklar bilan mashg'ulot olib bormoqda", - deb yozadi "Buxoro" klubi rasmiy tvitteri.

Salomov qishda Malayziya va Qozog'iston klublarida ko'rikdan o'tib yurtimizga qaytdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia