"Buxoro" o'z tarixida ilk marta O'zbekiston kubogi finaliga chiqdi

Mirjalol Normatov
25 sen 2025
Bugun O'zbekiston Kubogida finalchilar aniq bo'ldi.

Unga ko'ra "Buxoro" va "Paxtakor" jamoalari finalda o'zaro to'qnash keladi.

Qayd etish kerak, "Buxoro" o'z tarixida ilk marta kubok finaliga yo'llanma oldi va bu ular uchun birinchi final bo'ladi.

"Paxtakor" esa bunga qadar 17 marta finalda o'ynagan va shularning 13tasida g'olib bo'lgan. So'nggi marta jamoa 2020 yil finalga chiqqan va Namangandagi bahsda OKMK jamoasini 3:0 hisobida mag'lub qilgan.

Eslatib o'tamiz, final bahsi Andijondagi "Bobur Arena" stadionida o'tkaziladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia